
Sat, 04/12/2025 - 20:19
“Inson-uchun” yugurish marafonida universitetimiz talabalari faol ishtirok etishdi
Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlib oʻtgan “Inson-uchun” shiori ostidagi yugurish marafoni yurtimiz yoshlari orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi. Ushbu marafonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, yuqori sport ruhini namoyon etdilar.
Talabalar oʻzlarining jismoniy tayyorgarligi, qat’iyati va jamoaviy birdamligi bilan ajralib turdilar. Marafon davomida ular “Sogʻlom tanada — sogʻlom aql” tamoyilini amalda namoyish etib, barchaga ibrat boʻldilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida sogʻlom hayot tarzini ommalashtirishda muhim qadamlardan biri boʻldi.