Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:38

"Inson salomatligi eng oliy ne'mat" mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

2021-yil 22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek filologiyasi fakultetida "Inson salomatligi eng oliy ne'mat" mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda Yakkasaroy tumani  oliy toifali shifokor, pediatr  Xusanova Roxotoy Suyarovna, oliy toifali hamshira Davronova Fotima Norkulovna qizlar bilan samimiy suhbat qurdi. Ular bugungi global zamonda avj olayotgan kasalliklar haqida  batafsil to’xtaldi. Erta turmush va uning oqibatlari xususida gapirib berdilar. Birinchi tibbiy yordam berish amaliyoti haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, muloqotda talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.