Yangiliklar

img
Thu, 04/21/2022 - 15:46

Inson - aziz, xotira - muqaddas!

Joriy yilning 21-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkillashtirildi. Mazkur tadbir doirasida "Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash" mavzusidagi  davra suhbati  bo'lib o'tdi.  

Tadbirni universitetimiz Yoshlar masalalari  va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Bahodir Хoliqov ochib berdi. Uchrashuvga Toshkent shahar Olmazor tumani “Moyariq" MFY raisi, nuroniy Eryigit Bozorboyev  tashrif buyurdi. Yoshi ulugʻ otaxonimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Bugungi uchrashuv talabalarda o’zlariga bo’lgan ishonchni uyg’otish, shakllantirish barobarida, hayot haqiqatlariga to’yingan hikmatli so’zlar bilan yodda qolarli bo’ldi.