Yangiliklar

img
Thu, 10/19/2023 - 18:51

Innoweek kundaligi: Ilmiy ishlarni tijoratlashtirish kuni

Innoweek-2023 innovatsion g'oyalar haftaligi davom etmoqda. Bugun mazkur haftalikning "Ilmiy ishlarni tijoratlashtirish  kuni" ham muvaffaqiyatli o'tdi. 
Kunning birinchi yarmida Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti qoshida tashkil etilgan “Ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish” ilmiy-tadqiqot markazi  bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.  Shartnomada Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari uchun darsliklar, “Oʻqituvchi kitobi” qoʻllanmalari, elektron dars ishlanmalari yaratish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Jarayonda Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani Margʻuba Abdullayeva, “Ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish ilmiy tadqiqot markazi” rahbari Roza Niyozmetova, kafedra mudirlari Qozoqboy Yoʻldoshev, Klara Mavlonova hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bosh mutaxassisi Jamoliddin Nurmuhammedovlar ishtirok etishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi qoshidagi "Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik"  ilmiy-tadqiqot markazi bilan   “Nurafshon” biznes nashriyoti o'rtasida hamkorlik shartnomasini imzolandi. Shartnomani   Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, f.f.d., professor Uzoq Jo'raqulov hamda Nurafshon business" nashryoti direktori  Ixtiyor Saidov  imzoladilar.

 
Shu bilan birgalikda Qozog'istonning Shokarim universiteti bilan ham xalqaro loyihalar tayyorlash va akademik almashinuvni tashkil etish bo'yicha shartnoma imzolandi. Shartnoma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova hamda Shokarim universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Janar Kalibekkizi  tomonidan imzolandi.