Yangiliklar

img
Thu, 10/19/2023 - 19:35

“Innoweek-2023” barchani ilhomlantirdi

Xabaringiz bor joriy yilning 16–20-oktabr kunlari Innoweek-2023 innovatsion gʻoyalar haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur haftalikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Xususan, 10 nafar iqtidorli talabamiz koʻngilli sifati Innoweek doirasidagi tadbirlarda faollar safidalar. Har kuni kreativ va innovatsion loyihalar koʻrgazmasiga talabalrimiz va ustozlarimiz borib, u yerdagi bir-biridan qiziqarli stendlarni tomosha qilishmoqda. 
19-oktabr kuni universitet rektoriga biriktirilgan Toshkent shahri Bektemir tumani “Chashma” MFYda yashovchi Farhod Dushanov ham universitet vakillari hamrohligida Innoweek-2023 koʻrgazmalariga bordi. Bugungi koʻrgazmadan ilhomlangan 17 yoshli Farhodjon IT kurslarida oʻqish istagini bildirdi. Bu istak universitet rahbariyatini juda quvontirdi va oʻqish xarajatlari universitet hisobidan toʻlab berilishi aytildi. Umid qilamizki, kelgusi yillardagi innovatsion gʻoyalar haftaligida Farhod ham oʻz ishlanmalari bilan ishtirok etadi.