Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 14:04

Ingliz tilini qanchalik bilasiz?!

23-noyabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 1-2-3-4-kurs faol talabalari ishtirokida “Spelling bee”  tanlovi o’tkazildi. Mazkur tadbir talabalarni ingliz tilining talaffuzidan qanchalik xabardor ekanligini tekshirishga moʻljallangan bo’lib, 3 bosqichda olib borildi. Ya’ni, birinchi bosqichda berilgan oson so’zlar uchinchi bosqichga qadar murakkablashib bordi. Ishtirokchilar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholab borildi. Oxirgi bosqichga yetib kelib o’z bilimlarini yuqori darajada ko’rsatgan talabalar barcha qatnashuvchi va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lishdi. G’olib bo’lgan hamda faol qatnashgan talabalar tadbir so’nggida  sertifikat hamda badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.