Yangiliklar

img
Fri, 05/20/2022 - 12:51

Infografikalar tanlovi g'oliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining  6 yilligi munosabati bilan 13-20 may kunlari maxsus haftalik e’lon qilindi. Joriy yilning 13-may kuni mazkur maxsus haftalikka start berildi. Mazkur haftalik doirasida dastlab universitet hayoti yoritilgan eng yaxshi infografikalar tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlovda universitetimizning 6 yillik ish faoliyati davomida qanday yutuqlarga erishgani, respublikamiz va xalqaro maydondagi o‘rni va boshqa jihatlari aks etgan infografikalar qabul qilindi va g‘oliblar aniqlandi.
Infografikalar tanlovi natijalari va g‘oliblari bilan tanishing:


I o‘rin ― Amaliy filologiya fakulteti talabasi Narzullayev Aslam;


II o‘rin ― Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Beknazarova Aziza;


III o‘rin ― Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Azimova Mahliyo.

Mukofotlar joriy yilning 28-may kuni tantanali taqdirlash marosimida g‘oliblarga topshiriladi.