Yangiliklar

img
Tue, 01/23/2024 - 15:48

Imtihonlar adolatli oʻtkazilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazort" tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Nasriddinov  O‘zbek filologiyasi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlarining  yakuniy nazorati fakuktetlatida boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlarini nazorat qilib, talabalar bilan muloqot olib bordi. Imtihon jaorayonlarida talabalar yoki professor- o‘qituvchilar tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi, talabalar bilimini baholashda  ta’magirlik, tanish-bilishchilik holatlari bor yo‘qligi toʻg‘risida muloqot olib borildi. Suhbat jarayonida talbalarga imtihon jarayonlarida faol bo‘lishlarini va korrupsiya atalmish illatga nisbatan doimiy ravishda toqatsiz munosabatda bo‘lishlari lozimligi tushuntirib o‘tildi.  Suhbat so‘ngida barcha guruhlar talabalariga korrupsion holatlarga duch kelganda https://t.me/toshdutau_no_korrupsiya_bot kanaliga yoki bo‘lim boshlig‘ining shaxsiy raqamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirib o‘tildi va korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz kurshishda talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilarni yanada faolroq bo‘lishga chaqirildi.