Yangiliklar

img
Mon, 05/15/2023 - 11:14

Ilmli ayol — jamiyat ko'zgusi

2023-yilning 12-13-may kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Ilmli ayol — jamiyat ko'zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda respublika OTMlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari, olima ayollari, tashabbuskor qizlari qatnashdi. Jumladan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Odina Jamoliddinova hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchi Gunoza Jo'rayevalar festivalda munosib ishtirok etishdi.
Festivalda avvalida Oʻzbekiston Respublikasi senati raisi T.K.Norbaeva video aloqa orqali tadbir ishtirokchilarini ishtirokchilarini tabrikladi, ziyoli ayollarning jamiyatdagi o'rni haqida iliq fikrlarni bildirdi. Maʼruzachilar tomonidan Yangi O'zbekistonda xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin qizlarning jamiyatda va ilm-fan taraqqiyotidagi faolligini oshirish masalalari, hadislarda ayollarga munosabatning ifodalanishi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish mexanizmlari kabi masalalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib o'tilib, tahliliy maʼlumotlar asosida fikrlar bildirildi.


 Shuningdek, festival doirasida milliy liboslar podiumi, konsert dasturi va ishtirokchilar oʻrtasida “Velo Lady ” sport musobaqasi oʻtkazildi.