Ilmiy yutuq
Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti Uldona Abdurahmonovaning ilmiy maqolasi Scopus bazasida indekslanuvchi, yuqori nufuzli Q1 toifadagi xalqaro jurnalda chop etildi.
Maqola “Arxiv hujjatlarini tasniflash va avtomatik kataloglashtirish uchun dasturiy modelni ishlab chiqish” (Development of a Software Model for Classification and Automatic Cataloging of Archive Documents) nomi bilan MDPI nashriyotiga qarashli “Information” jurnalida (Information) e’lon qilingan.
Mazkur tadqiqotda arxiv hujjatlarini avtomatik ravishda tasniflash va kataloglashtirish imkonini beruvchi dasturiy model ishlab chiqilgan. Unda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yondashuvlari asosida samarali yechim taklif etiladi.
Tadqiqot natijalari kompyuter lingvistikasi, axborot tizimlari va raqamli arxivlash yo‘nalishlari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu ishlanma katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tizimlashtirish hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mazkur ilmiy yutuq universitet ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatib, xalqaro ilmiy hamjamiyatda o‘zbek olimlarining nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi.

