Yangiliklar

img
Wed, 11/19/2025 - 11:14

Ilmiy va amaliy ruhda o‘tgan “Spelling Bee” tanlovi

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 18-noyabr kuni 1, 2, 3 va 4-kurs talabalari ishtirokida “Spelling Bee” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa talabalarning ingliz tilidagi imlo va talaffuzni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlash, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Tanlov fakultetda xorijiy tillarni amaliy yo‘sinda o‘qitishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Musobaqa uch bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda ancha oson so‘zlar berildi. Keyingi bosqichlarda vazifa asta-sekin murakkablashib bordi. Ishtirokchilar talaffuzning to‘g‘riligiga, so‘zni aniq ayta olish qobiliyatiga, sahna madaniyatiga va umumiy til kompetensiyasiga qarab baholandi.

Baholash jarayonida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozliya Normurodova, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Akmal Abdiyeva hamda kafedraning tajribali o‘qituvchilari faol ishtirok etdi. Ularning e’tiborli kuzatuvi musobaqaning adolatli va shaffof o‘tishiga zamin yaratdi.

Yakuniy bosqichga yetib kelgan talaba-yoshlar o‘z bilimini yuqori saviyada namoyon qildi. Tomoshabinlar ularning har bir chiqishiga katta qiziqish bildirdi. G‘oliblar hamda faol qatnashgan ishtirokchilar musobaqa so‘ngida sertifikat va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

  

“Spelling Bee” tanlovi talabalarning ingliz tilini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar fakultetda amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.