Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

img

Mavlyanov Sanjar Djambulovich

Tug‘ilgan sanasi: 13.04.1989

Millati: O'zbek

E-mail: mavlyanovsanjar@navoiy-uni.uz

Kontakt: +99871 281 45 39

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-Juma

MA'LUMOT

  • Mazkur Nizom va universitet Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Universitet Kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari Universitet rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.
     

ILMIY TADQIQOTLAR VA ILMIY PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI BOSHLIG‘I
TA’LIM:

2004-2008 y.y.
BAKALAVRIAT: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (mutaxassislik - xalqaro jurnalist)
2012-2014 y.y.
MAGISTRATURA: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (mutaxassislik - xalqaro jurnalist, sport jurnalistika)
2009-2010 y.y.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi
2010-2012 y.y.
Toshkent shahar IIBB nashri “OGOH” gazetasi tahririyatida  muxbir, operator, muharrir
2012-2015 y.y.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi
2016-2017 y.y.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Audiovizual va ommaviy kommunikatsiya kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2021 y.y. 
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
2016-2022 y.y.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi
2022-2023 y.y.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tahririyat-nashriyot bo‘limi boshlig‘i
2023 hozirgi paytgacha
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
HOZIRGI ISH JOYI:
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi o‘zbek tili va adabiyoti masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi hamda sohada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fan va ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ustaviga asosan faoliyat yuritadi;
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar orqali tayyorlash.


Bo‘limning vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan tegishli vazifalar va ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbek tili va adabiyotining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-nazariy, innovatsion va fundamental tadqiqotlarni tashkil qilish hamda amalga oshirish;
  • Ixtisoslik shifrlari bo‘yicha yuksak malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
  • Ilmiy-pedagogik kadrlarning tadqiqotlarini targ‘ibot qilish va ularni rag‘batlantirish;
  • Muvaffaqiyatli tadqiqot olib borayotgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tegishli tartib asosida mukofotlarga tavsiya qilib borish;
  • Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi doktorant va tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchilarga kvota ajratish haqida har yili loyiha tayyorlash va tegishli vazirliklarga yuborish hamda ajratilgan kvotalar haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berish;
  • Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlarini hamda imtihonlarini qabul qilish uchun komissiya tarkibi haqida buyruq tayyorlash;
  • Qabul qilingan doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning vazifalarini belgilab berish uchun rektor, ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor bilan suhbat tashkil etish;
  • Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertasiyalari mavzulari, shaxsiy ish rejalari hamda ilmiy maslahatchilari tomonidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik kurs dasturlarining o‘z vaqtida tasdiqlanishini nazorat qilish;
  • Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish haqida buyruqlar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasiga yuborish;
  • Iqtidorli bitiruvchi magistrlarni tayanch doktorantlikga qabul qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
  • Malakaviy imtihonlarini topshirilganligi haqida guvohnomalarni tayyorlash.

Bo‘limning huquq va majburiyatlari.

  • Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limining vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ijro organlari, shuningdek universitet fakultetlari, kafedralar, “Yosh filolog olimlar jamiyati” va ilmiy laborotoriyalar bilan aloqa bog‘lash;
  • Malakaviy imtihonlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga ko‘ra o‘tkazish;
  • Qabul qilinayotgan malakaviy imtihonlarning o‘tish jarayonini nazorat qilish;
  • Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy rejalarini bajarilishi hamda ilmiy maslahatchilarining faoliyatini nazorat qilish;
  • Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini muayyan muddatda o‘tkazib turish;
  • Shaxsiy rejasini bajarmayotgan doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarga chora ko‘rish;
  • Doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy zahira mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura institutini ochish;
  • Respublika va chet ellarda o‘tkazilayotgan konferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni tadqiqotchilarga yetkazish;
  • Muddatidan oldin himoya qilgan doktorant, tayanch doktorantlar va ularning ilmiy maslahatchi hamda rahbarlarini mukofotlashga tavsiya berish;
  • Yillik hisobotni tayyorlsh va statistik boshqarmaga topshirish.