Yangiliklar

img
Fri, 09/23/2022 - 10:00

Ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2023-yil uchun ilmiy izlanuvchilar qabul kvotasini e'lon qildi. 2023-yilda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli doktoranturada davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ta'lim oluvchilarning vazirliklar, idoralar, oliy ta'lim muassasa va ilmiy tashkilotlar uchun taqsimotga ko'ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti uchun ajratilgan o'rinlar soni quyidagicha:

Doktorantura - 5 ta o'rin
Tayanch doktorantura -  60 ta o'rin
Maqsadli doktorantura - 2 ta o'rin
Stajyor-tadqiqotchi - 5 ta o'rin