Yangiliklar

img
Mon, 07/11/2022 - 19:33

Ikkinchitalim.edu.uz tizimiga oid eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Savol: Ikkinchi ta'limga ariza topshirish vaqti qachondan boshlanadi

Javob: Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi

Savol: Ikkinchi ta'limga hujjat topshirdim natija qachon e'lon qilinadi?

Javob: Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari har yili 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

Savol: Tizimdan ro'yxatdan o'tish davomida qanday hujjatlar yuklanadi?

Javob: Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.