Yangiliklar

img
Mon, 11/07/2022 - 19:07

Ikki soatda 10 ta metod!

7- noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti, O’zga tilli maktablarda o’zbek tili ta’limi kafedrasi dotsenti D.A.Xidoyatova tomonidan  Yakkasaroy tumani o’zbek tili o’qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.  
89-sonli umumta'lim maktabida “Ikki soatda o’nta metod” nomli trening mashg‘ulotida o‘zbek tili o‘qituvchilari  bilan bir safda universitetimizning 2-bosqich talabalari ham ishtirok etishdi. Treningda o’qituvchilarga til o’rgatishda samara beruvchi o’nta interaktiv metodlar taqdim etildi. Shuningdek, 2-kurs talabalarimiz tajribali o’qituvchilar bilan birga ishlab tajribalarni o’rganishdi. Amaliyot jarayonida har bir talabaning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan ishtiyoqi ortib bormoqda,  bunda esa talabalar amaliyotiga rahbarlik qilayotgan pedagoglarning alohida hissasi bor.