"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedra qoshidagi "Yosh faylasuflar" fan to‘garagi
Rahbari: Xaytboyev Boburjon Xamzayevich
A’zolari soni: [55] nafar
Maqsadi: Falsafaga qiziqadigan talaba-yoshlarni birlashtirish, ularning falsafiy dunyoqarashi, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat va inson hayotidagi dolzarb masalalarga nisbatan ilmiy-falsafiy yondashuvni shakllantirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual va ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash.
To‘garak faoliyati davomida jahon va o‘zbek falsafasi, inson va jamiyat, axloq va qadriyatlar, madaniyat, ilm-fan va texnologiyalar, zamonaviy sivilizatsion jarayonlar hamda boshqa dolzarb ijtimoiy-falsafiy masalalar muhokama qilinadi.
To‘garak mashg‘ulotlari falsafiy bahs-munozaralar, davra suhbatlari, intellektual o‘yinlar, ochiq muloqotlar, ilmiy uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar shaklida tashkil etiladi.



