Yangiliklar

img
Tue, 04/16/2024 - 18:00

Ijodiy uchrashuv

Oʻzbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi qoshidagi “Hilol” adabiy toʻgaragi a’zolari uchun doimiy ravishda taniqli ijodkorlar hilan suhbat, ularning ijod laboratoriyalari bilan tanishuv tadbirlari oʻtkaziladi. Ana shunday tadbirlardan yana biri joriy yilning 16-aprel kuni boʻlib oʻtdi. Taniqli jurnalist, shoir va noshir Farmon Toshev bilan oʻtgan ijodiy uchrashuv esda qolarli voqealarga boy boʻldi. Samimiy suhbat asosida tashkil etilgan tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob oldilar.
Farmon Toshev “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi. 2003-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.