Yangiliklar

img
Wed, 11/30/2022 - 17:31

Ijodiy uchrashuv

Bugun  O'zbek tili ta'limi fakultetida faoliyat olib boruvchi "Nihol" to‘garagining navbatdagi yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Bu gal to‘garak ishida  zamonaviy o'zbek adabiyotining zabardast vakili O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan adabiy-badiiy uchrashuv bo'ldi. Tadbirni fakultet dekani professor Saodat Muhamedova ochib berdi. Talaba yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda shoir qalamiga mansub she'rlar o‘qildi.  Ijodiy uchrashuv sermazmun suhbatlar,  savol-javoblar bilan o‘tdi.  Tadbir so'ngida shoirning ko'plab talabalarga o'z kitoblaridan ulashishi barchani birdek quvontirdi.