Ijod maktablari va universitet hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi. Tajribalari ustozlar va iqtidorli talabalar o'quvchilar bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy suhbat tashkil etdilar.
Shuningdek, maktab o‘qituvchilariga universitetning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayonida innovatsion pedagogik usul va texnologiyalardan foydalanish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodologik seminar tashkil etildi. Seminar davomida ijod maktabi oʻquvchilari uchun ilmiy hayot bilan birgalikda, milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etish, “ustoz-shogird” an’analarini saqlab qolish muhim ekanligi ta’kidlandi. Seminar so‘ngida eng asosiy maqasad iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqali milliy tilimiz, adabiyotimiz, madaniyatimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan kadrlarni tayyorlash ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Tadbir so'ngida universitet jamoasi tomonidan maktab o'quvchilari va ustozlariga kitoblar to'plami sovg'a qilindi.




