Yangiliklar

img
Thu, 05/11/2023 - 18:16

Ijod maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda yurtimizda mavjud 9 ta ijod maktabi o'rtasida doimiy hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Ushbu hamkorlik yildan yilga rivojlanib, kengayib bormoqda.
Xususan, joriy yil boshida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bilan universitetimiz o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilingan edi. Ushbu dasturga asosan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining ijod maktabidagi filialini tashkil etildi. Universitet shafeligida Ijod maktabida o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik seminarlar o‘tkazilishi yo'lga qo'yildi.
2023-yilning 11-may kuni mazkur maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun universitetimizda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Kun davomida o'quvchilar universitetning moddiy-texnik bazasi, pedagogik jamoasi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. O'quvchilarga Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha universitetdagi yuqori malakali professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘uloti, mahorat darslari tashkil etildi.


 Bitiruvchi o'quvchilar orasidan iqtidorlarini ToshDO'TAU bakalavriyat bosqichiga jalb etish, ularning ijodiy va ilmiy salohiyatlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan Dastur bo'yicha belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich bajarib kelinmoqda. Maqsad aniq - iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqali milliy tilimiz, adabiyotimiz, madaniyatimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan kadrlarni tayyorlash.