Yangiliklar

img
Fri, 05/05/2023 - 20:41

Ijod maktabi  bilan hamkorlik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘rtasidagi hamkorlik  Dasturiga asosan Ona tili va adabiyoti ta’limi kafedrasining ijod maktabidagi filiali o‘z faoliyatini boshladi.
2023-yil 4-may kuni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Normamatov boshchiligida kafedra jamoasi ijod maktabiga tashrif buyurishdi. Hamkorlikdagi quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ixtisosliklari bo‘yicha universitetdagi bakalavriyat yo‘nalishlarida ta’limni davom ettirish bo‘yicha suhbat tashkil qilindi;
  -ijod maktabida o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik seminar o‘tkazildi;
       - Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha universitetdagi yuqori malakali professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘uloti, mahorat darslari tashkil etildi;
-universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv-metodik nashr va darsliklar ijod maktabi o‘qituvchilariga taqdim etildi.
Shuningdek, Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari: ijod maktablarining ona tili darsligi, dasturi muallifi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Klara Mavlonova “Ona tili fani inegratsiyasi” mavzusida;  adabiyot darsliklari dasturi va darsliklar muallifi Jamoliddin Nurmuhammadov “Adabiyot oʻqitishning zamonaviy talablari va adabiyot darslarida oʻzgarayotgan qarashlar” mavzusida, o‘qituvchi O‘tkir Yo‘ldoshev “Navoiy g‘azallarini sharhlash va tahlillash yo‘llari” mavzusida ijod maktabi o‘quvchilariga qiziqarli dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Hamkorlik ishlari davom etmoqda.