“Ijod bahori" o'tkazildi
Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhor M.F.Y hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida Yakkasaroy tuman Madaniyat markazida “Ijod bahori” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhhor M.F.Y raisi Zulfiya Sobirova o‘z nutqi bilan ochib berdi. Ijodiy kechaga taniqli shoir va yozuvchilar ham tashrif buyurishdi. Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan ijodiy kechada universitet talabalari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jumladan, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetida tahsil olayotgan Abdurayimov G‘olibbek, Ergashev Jasurbek, Junaydullayeva Mushtariy, Hamroyeva Zuhra kabi iqtidorli talabalar o‘zlari yozgan she‘r va hikoyalarini o‘qib berishdi.
Shuningdek, bu tadbirda “Sharq yulduzi“ jurnalida faoliyat olib borayotgan ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Muhammad Siddiq Rahmatov, yosh shoirlardan Rafiqjon, Burxonjon hamda Guljamol To‘ychiyevalar ham ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida faol yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


