Yangiliklar

img
Tue, 09/19/2023 - 11:22

Ijara xonadonlaridagi talabalarning yashash sharoitlari oʻrganildi

18-sentabr kuni universitet rektori boshchiligida soha prorekorlari va mas'ullardan iborat guruh tomonidan talaba-qizlarimiz yashaydigan ijara xonadonlari koʻzdan kechirildi. Jarayon davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari, ularda mavjud kamchiliklar, yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, u yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan ham suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi, muammolarini o'rgandi, takliflari bilan tanishdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, texnika vositalaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, oziq-ovqat mahsulotlarini yaroqlilik muddatlariga alohida ahamiyat berish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Aytilgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq takliflar bildirildi.


Ushbu ijara xonadonlarida asosan yurtimizning chekka hududlaridan kelib tahsil olayotgan talabalar istiqomat qilib kelmoqda. Ijara xonadonida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari universitet mutasaddilari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinib, zarur paytlarda qo'llab-quvvatlab kelinmoqda.