Yangiliklar

img
Thu, 10/13/2022 - 17:30

Hunarli qizlar faoliyatidan

Xabaringiz bor, haftaning chorshanba kuni universitetimizda barcha to'garaklar faol bo'ladigan kun. Biz ham to'garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetimizdagi "Besh tashabbus" markazida bo'ldik. "Nafis fazilat" to'garagidagi qizlar yangi go'shtli taom, ajoyib shirinlik tayyorlanishini o'rganayotgan ekanlar. Ularning mashg'uloti biroz kuzatgach, "Mohir qo'llar" to'garagi a'zolarining yangi san'at asarlarini ko'rishga otlandik. Bir-biridan ajoyib qo'g'irchoqlarni tikkan talabalarimizga ofarin dedik. Albatta, tez orada qo'g'irchoq teatri namoyishi bo'lib o'tsa kerak...
Barcha to'garaklarda ish qizg'in, jarayon avjida.
Darsdan bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazib, yangidan yangi hunarlarni o'rganayotgan talaba qizlarimizga omad tilaymiz!