Thu, 12/23/2021 - 11:25
Hisobot yigʻini oʻtkazildi
Joriy yilning 22-noyabr Til nazariyasi kafedrasida 2-kurs “Lingvistika” mutaxassisligi magistrantlarining pedagogik amaliyoti hisobot yigʻini oʻtkazildi. Magistrantlar universitetdagi ilk pedagogik faoliyatlari mazmuni, amalga oshirgan ishlari xususida hisobot berdilar. Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan magistrantlarga faoliyat bilan bogʻliq savollar beridi.
Hisobotlar oʻqib eshittirilgach, kafedra aʼzolarining magistrantlar pedagogik faoliyatiga qoʻyilgan baholar eʼlon qilindi. Shuningdek, yig’ilishda ustozlar magistrantlarga faoliyat yo’nalishlarni qanday olib borish kerakligi haqida o’z fikr mulohazalarini bildirib, o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.