Yangiliklar

img
Wed, 02/23/2022 - 17:21

“Hilol” davom etmoqda

23-fevral kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Hilol” adabiy to‘garagining navbatdagi mashg’uloti o‘tkazildi. Ushbu mashg’ulotda Yangi yil arafasida talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ijodkor talabalar o‘rtasida  e’lon qilingan “Eng yaxshi she’r” va “Eng yaxshi hikoya” tanlovi g’oliblari ma’lum qilindi. Tanlov g’oliblari bo‘lgan to‘garak a’zolari Erkin Hojimamatov, Shohruh Davron, Ruxsora Luqmonova, Nilufar Sa’dullayeva, Dilnoza Muxtorova va Elyor Haydarovlar  ustozlar tomonidan taqdirlandilar.