Yangiliklar

img
Fri, 05/12/2023 - 17:39

Haydar Aliyev va Ozarbayjon mustaqilligi

12-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va  universitetida  Ozarbayjonda umummilliy yetakchi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Haydar Aliyev va mustaqillik” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi,  Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davra suhbatini ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekistondagi   Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon  Madaniyat  Markazi  direktori, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi muzeyning rahbari, asoschisi Samir Abbasov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Ozarbayjonning uzoq yillik yaqin aloqalari, qardoshlik rishtalarining mustahkamlanishida ulug‘ lider Haydar Aliyevning roli haqida so‘z yuritdi. Tadbirda, shuningdek, professorlar Nurboy Jabborov, Odina Jamoldinova, Nozliya Normurodova, Saodat Muxammedova, Gulbahor Ashurovalar ham so‘zga chiqib, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar.


Alohida qayd etish lozimki, mustaqil Ozarbayjon davlatchiligi qurilishi, zamonaviy siyosiy tartibot shakllanishi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li uning nomi bilan bog‘liq. O‘zbek xalqining yaqin do‘sti bo‘lgan Haydar Aliyev yurtimizga bir necha bor tashrif buyurgan. Qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy rishtalar va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan. Bunga o‘ziga xos ehtirom sifatida siyosatchining xotirasi yurtimizda ham e’zozlab kelinmoqda. Toshkentda H.Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. Poytaxtimizda marhum davlat arbobi nomidagi ko‘cha va xiyobon ochilgan.