Yangiliklar

img
Sat, 03/18/2023 - 13:03

Hashar — elga yarashar!

Ma’lumki,  xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llasa arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yosh-u keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlar-u nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.
Respublikamizda joriy yilning 18-mart kuni xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etmoqda.


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham bugungi hasharda faol ishtirok etdi.  Ustoz va talabalar auditoriyalar,  kafedra xonalari,  umumiy foydalanish joylarini tozaladilar.  
Hashar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.


Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.