Yangiliklar

img
Thu, 11/16/2023 - 13:44

Haqiqat bahslarda ayon boʻladi

2023- yil 15- noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti psixologi Nargiza Norova  tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallashga qaratilgan "Munozara" debat turniri tashkil etildi. Debat "Bilimdon va zukko talaba bo‘l" mavzusida oʻtkazildi.
Mazkur tashkil etilgan munozarada  talaba-yoshlar  “Kuchlilar”, “Bilimdonlar”, “Yuksalish” kabi  jamoalarga bo‘linib, qiziqarli mantiqiy savollarga  javob berishdi. Jamoalar  o‘rtasida baxr-u bayt o‘tkazildi. Bundan tashqari,  jamoa sardorlari  bellashuvi ham qiziqarli va munozarali davom etdi.
Munozara yakunida g‘olib  jamoalar  universitet rahbariyati tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
2023- yil 15- noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti psixologi Nargiza Norova  tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallashga qaratilgan "Munozara" debat turniri, "Bilimdon va zukko talaba bo‘l" mavzusida tashkil etildi.
Mazkur tashkil etilgan munozarada  talaba-yoshlar  “Kuchlilar”, “Bilimdonlar”, “Yuksalish” kabi  jamoalarga bo‘linib qiziqarli, mantiqiy savollarga faol  javob berishdi. Jamoalar  o‘rtasida baxr-u bayt o‘tkazildi. Bundan tashqari,  jamoa sardorlari  bellashuvi qiziqarli va munozarali davom etdi.
Munozara yakunida g‘olib  jamoalar  universitet rahbariyati tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
Tadbirda talabalar faol ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etishdi.