Yangiliklar

img
Wed, 03/27/2024 - 12:12

Hamkorlikda faoliyat jadallashmoqda

Universitetimiz bilan Qozogʼistonning Semey shahridagi Shokarim universiteti oʼrtasidahamkorlik memorandum imzolangan bo'lib, shu  asosida ushbu universitetning bir guruh professor oʼqituvchilari TosDO'TAUda ilmiy, oʼquv metodik sohalarida tajriba almashinuvi va tanishuv stajirovkasini oʼtash uchun universitetimizga keldi. Aray Amanova, Oksana Belenko, Guljanar Jumajanova, Aliya To'lisbayevadan iborat mehmonlarni universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qabul qildi. Suhbat chog'ida Shokarim universiteti va ToshDO'TAU o'rtasidagi  hamkorlik har ikki OTM talabalari va pedagogik jamoasi uchun birdek manfaatli bo'layotgani, bu hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish zarurligi ta'kidlandi. Masalan, hozirda ToshDO'TAUda Shokarim universitetining 2 nafar talabasi akademik alamashinuv asosida tahsil olmoqda. Shunday akademik almashinuv salmog'ini oshirish va bu orqali ta'lim sifatini yanada yaxshilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, pedagoglarning  qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini o'tkazish, hammualliflikda nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish, loyihalar tayyorlash, seminar, vebinar va forumlar tashkil etish rejalashtirildi.

 

Mazkur delegatsiya aʼzolari asosan psixologiya va sotsiologiya yoʼnalishlarida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassislardir. Ular bir hafta davomida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor -oʼqituvchilari bilan hamkorlikda amaliy psixologiya va sotsiologiya yoʼnalishlarida taʼlim olayotgan talabalar bilan treninglar, dual darslar va davra suhbatlari tashuil etadilar.