Yangiliklar

img
Mon, 10/28/2024 - 16:37

Hamkorlik, intilish, natija!

2021-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Akademik E.A.Buketov nomidagi Qaraganda universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu shartnomaga muvofiq, 3 yil davomida universitetlarimiz o‘rtasida akademik mobillik yo‘nalishida samarali hamkorlik amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zaro talabalar almashinuvi bilan birgalikda ilmiy amaliy seminarlar, professor-o‘qituvchilarning individual ma’ruzalari, ikkala universitet o‘qituvchilarining binar ma’ruzalari tashkil etilishi ilmiy va pedagogik jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda Akademik E.A.Buketov nomidagi Qaraganda universitetining «Falsafa va sotsiologiya» fakulteti professor – o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlik ilmiy, amaliy hamda pedagogik jarayonlarni o‘z ichiga olib, o‘tgan davr mobaynida Qozog‘istonlik 20 dan ortiq professor o‘qituvchilarning universitetimizdagi onlayn va oflayn tarzdagi darslari, shuningdek universitetimizning 28 nafar  professor –o‘qituvchilarining Karaganda universiteti talabalari uchun mahorat darslarini tashkil etildi. Universitetlarimiz hamkorligida 2 yildan buyon «Sotsiologiya va amaliy psixologiyaning dolzarb masalalari»ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilib kelinmoqda.
2024-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dunyo reytinglarida o‘z mavqeini yuqoriga ko‘tarishi, alohida yo‘nalishlar bo‘yicha esa dunyo miqyosida top-10 universitetlar qatoridan joy olishi quvonchli voqealardan biridir.

 

O‘z navbatidan Akademik E.A.Buketov nomidagi Qaraganda universiteti QS dunyo universitetlar reytingida 801+ o‘rinni egallab turishi bilan bir qatorda yaqinda universitetga “tadqiqot universiteti” maqomi berildi. Qozog‘iston Respublikasida bunday maqomga faqat ikkita universitet egaligini hisobga olinsa, bu yuksak muvoffaqiyatdir.

 

O‘zaro malaka oshirish, tajriba almashinuvi borasida mazkur yildagi hamkorlik doirasida 2024-yil 17-noyabrdan 26-noyabrgacha universitetimizning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining 6 nafar professor-o‘qituvchilari Akademik E.A.Buketov nomidagi Qaraganda universitetida bo‘lib qaytdilar. Tashrif davomida universitet rahbariyati va pedagogik jamoasi bilan ijodiy uchrashuvlar, tajriba almashinuvi doirasidagi o‘zaro dars mashg‘ulotlari, universitetimiz professor-o‘qituvchilarining mahorat darslari tashkil etildi. 
Uchrashuvlar davomida ushbu hamkorlikdagi tadbirlar har ikkala universitet jamoasi uchun muhim va  foydali bo‘lganligi e’tirof etildi. Universitetimizdan tashrif buyurgan delegatsiya universitet rahbariyatining esdalik sovg‘alarini topshirdi.