Yangiliklar

img
Thu, 03/14/2024 - 14:05

Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda qozog'istonlik va rossiyalik olimlar mehmon bo'lib turishibdi. 13-mart kuni ular universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qabulida bo'ldilar. Suhbat davomida Shokarim universiteti  hamda Sankt-Peterburg davlat texnologiyalar instituti vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha loyihalar tayyorlash, hamkor universitet olimlarining hammualliflikdagi maqolalarini nufuzli jurnallarda chop etish, shuningdek, pedagoglarning tajriba almashishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, talabalar akademik almashinuvini yo'lga qo'yish borasida takliflar o'rtaga tashlandi. Bundan tashqari Sankt-Peterburg davlat texnologiyalar instituti hamda Qozog'istonning Shokarim universiteti olimlari bilan onlayn formatda seminarlar, vebinar mashg'ulotlari o'tkazish ham ma'qullandi. 
Mehmonlar o'z navbatida ToshDO'TAUda talabalarga yaratilgan sharoitlarni, pedagogik jamoaning salohiyatini ijobiy baholadilar, o'zbekona mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildirdilar va hamkorlik aloqalarini yana mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini aytdilar.