Yangiliklar

img
Tue, 04/19/2022 - 13:46

“Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi

Joriy yilning 19-aprel kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Gumanitar fanlarni o‘qitishning zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur anjuman Zoom platformasi orqali olib borildi. Konferensiyani universitetimiz Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha  birinchi prorektori B.Xoliqov kirish so'zi bilan ochib berdi. Anjumanda universitetimiz ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Nizomovich Aslonov, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Anvar Bo'ronov, mehmonlar: Nizomiy nomidagi TDPU professori, falsafa fanlari doktori Gulnora Mansurova, Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori Saodat Toshtemirova hamda Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Azizbek Egamberdiyevlar oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Konferensiya davomida gumanitar fanlarni oʻqitishning zamonaviy ilmiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.