Goʻzal mushoira kechasi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Talabalar turar joyida shoira Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan “Bahor shoirasini xotirlab” mavzuida goʻzal mushoira kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Yoshlar ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha boʻlim boshligʻi A.Ikromov boshlab berdi. A.Ikromov oʻz soʻzida Prezident Sh.Mirziyoyevning xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan farmon va qarorlariga urg’u berib, undagi qator yangiliklar, qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib oʻtdi. Rektorning xotin-qizlar boʻyicha maslahatchisi G.Joʻrayeva qizlarni bahor ayyomlari bilan tabriklab, Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga toʻxtaldi. Zulfiyaxonimga bagʻishlangan mushoirani pedagog-tarbiyachi Radjapova A. R. boshlab berdi. Talabalar birin-ketin shoiraning goʻzal sheʼrlarini baralla oʻqidilar. Sheʼrlar rus, ingliz, oʻzbek tillarida jarangladi.
Mushoira kuy va qoʻshiqlarga ulanib ketdi.
Goʻzal tuproq uzra quyildi oqshom,
Kunduz olar dam,
Joʻshqin mushoira etadi davom,
Doʻstim, kel sen ham!


