Yangiliklar

img
Thu, 01/13/2022 - 14:06

“Google scholar” ilmiy bazasi bilan ishlash masalalari

2022-yil  13-yanvar kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti  universiteti professor-oʻqituvchilari uchun   “Google scholar” ilmiy bazasi bilan ishlash masalalari” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi. Seminar- treningni ilmiy va innovatsion ishlar boʻlimi boshligʻi N.Joʻraqoʻziyev olib bordi. 
Bugungi trening professor-oʻqituvchilarning ilmiy nazariy  soha boʻyicha bilimlarini shakllantirishga,   “Google scholar” kabi ilmiy bazalar bilan ishlashga qaratildi. Jumladan, treningda ilmiy bazalardan roʻyxatdan oʻtish, maqolalarni kiritish, kerakli mavzudagi maqolalalarni qidirish kabi qimmatli maʼlumotlar berildi.  Ilmiy izlanishlarni soddalashtirishga va oʻrganishga qaratilgan ushbu treninglar yana davom etadi.