Yangiliklar

img
Sat, 11/21/2026 - 12:12

Globallaşuv davrida filologik ta’lim transformatsiyasi: xalqaro konferensiya

2026-yil 20–21-noyabr kunlari Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tarmoq markazida “Globallaşuv davrida filologik ta’lim transformatsiyasi: tadqiq, talqin va tarjima” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bölib ötdi.

Xalqaro anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakçi olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar va filologiya sohasi mutaxassislari oflayn hamda onlayn formatlarda iştirok etdi. Konferensiya doirasida filologik ta’limning zamonaviy rivojlaniş tendensiyalari, adabiyotlararo aloqalar, tarjimaşunoslikning dolzarb masalalari, lingvistik tadqiqotlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining ilmiy-ta’limiy jarayonlardagi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan taqdim etilgan ma’ruzalar konferensiyaning ilmiy mazmunini boyitdi. Xususan, Coastal Carolina universiteti professori Anna Oldfield özbek adabiyotining jahon adabiyoti kontekstidagi örniga, Vengriyaning Eötvös Loránd universiteti professori Benedek Peri esa Sa’diyning “Guliston” asari va uning turkça tarjimalariga oid ilmiy qaraşlarini bayon etdi. Şuningdek, generativ sun’iy intellektning filologik tadqiqotlardagi istiqbollari, ilmiy matnlarni vizual şaklda ifodalaş imkoniyatlari yuzasidan ham ma’ruzalar tinglandi.

Özbek adabiyoti, milliy til va badiiy tarjima masalalariga bağişlangan çiqişlar ham alohida e’tiborga sazovor böldi. Yozuvçi va adabiyotşunos Xurşid Döstmuhammad badiiy tarjimada davr ruhi va muallif uslubini saqlaş masalalariga töxtaldi. “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri, professor Ahmadjon Meliboyev esa tilning millat ma’naviyati va milliy özlikni anglaşdagi beqiyos örnini ta’kidlab ötdi. Professorlar Aftondil Erkinov, Bahodir Karimov va Uzoq Jöraqulov ham filologiya sohasidagi yutuq va muammolar yuzasidan ilmiy mulohazalarini bildirdi.

Siyosiy fanlar doktori, akademik Narzulla Jörayevning Çingiz Aytmatovning “Kassandra tamğasi” romani va Filofey falsafasining ma’naviy asoslariga bağişlangan ma’ruzasi ham iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Unda falsafiy tafakkur, insoniyat taqdiri va ma’naviy qadriyatlarning badiiy talqini yuzasidan muhim fikrlar ilgari surildi.

Ikki kun davom etgan xalqaro konferensiya filologik ta’limning bugungi holati va istiqbollarini ilmiy jihatdan tahlil qiliş, xalqaro tajriba almaşiş hamda yangi tadqiqot yönalişlarini belgilaş uçun samarali muloqot maydoni böldi. Unda ilgari surilgan ilmiy-nazariy qaraşlar, zamonaviy yondaşuvlar va amaliy takliflar filologiya fanining kelgusi rivojiga, milliy adabiy merosimizning xalqaro miqyosda kengroq örganilişi va tarğib etilişiga xizmat qiladi.