Yangiliklar

img
Thu, 10/03/2024 - 20:02

"Gender tenglik faoli" tanlovining dastlabki bosqichi o'tkazildi

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishda maqsadida "Yil ayoli" milliy tanlovini tashkil etish va o‘kazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovaga muvofiq "Gender tenglik faoli" milliy tanlovi tashkil etilgan. Joriy yilning  3-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  "Gender tenglik faoli" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nomidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G.Jurayeva ishtirok etdi va birinchilikni qo‘lga kiritib shahar bosqichi yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Ustozimizga zafarlar tilab qolamiz.