
Gender tengligi va Markaziy Osiyoda ayollarga qarshi zoʻravonlikning oqibatlari
2023-yil 14-sentabr kuni Xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari magistri (Trento universiteti va Sant'Anna ilg‘or tadqiqotlar maktabi, Italiya) UNODC ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi stajyori Antonina Kseinova xonim ToshDOʻTAU talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqot mavzusi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining beshinchi va sakkizinchi maqsadlariga bagʻishlandi. Ma’ruza mavzusi “Gender tengligi va Markaziy Osiyoda ayollarga qarshi zoʻravonlikning oqibatlari” deb nomlandi. Ushbu ma'ruzada turli darajadagi ayollarga qarshi zoʻravonlikni individual, mahalliy, milliy va xalqaro turlari koʻrib chiqildi. Ma'ruzaning maqsadi gender notengligi muammosining salbiy oqibatlari va jamiyatning barqaror rivojlanishi, farovonligiga ta'siri haqida fikr almashishdan iboratdir.
Ma'ruza ingliz tilida bo'lib o'tdi va unda 30 nafar talaba ham qatnashdi. Mavzu yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.
Ma'ruza mavzusi bilan bog'liq bo'lgan har ikki muammo 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 Barqaror rivojlanish maqsadlari sanaladi.