Yangiliklar

img
Sat, 05/20/2023 - 14:56

Gender tengligi: tilning kuchi

19-may kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Galdagi ma'ruzachimiz Irlandiya, Kambodja bo‘ylab notijorat sektorida turli rollarda ishlagan 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert Yelena Botanina (Belgiya) xonimdir. U  “Gender tengligi: tilning kuchi” mavzusida onlayn mashg‘ulot olib bordi. Yelena Rossiya va Belgiyadagi turli xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) notijorat sektorida lavozimga erishish uchun  ayollarga alohida e'tibor qaratadigan, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o'z loyihasini amalga oshiradi.
Ma’ruza davomida ToshDO‘TAU xotin-qizlar kengashi rahbari Gulnoza Jo‘rayeva va talabalar gender stereotiplari masalalarini muhokama qildilar. Turli viktorina shaklida streotiplarni rad etish yoki ma'qullash tavsiya etildi.  Shundan so'ng dunyo tadqiqotchilari tomonidan tasdiqlangan statistik ma'lumotlarga asoslanib, stereotiplar noto'g'ri yoki to‘g‘ri ekanligi isbotlandi.  Mavzu “Dunyo va O‘zbekiston” nuqtayi nazaridan ham ko‘rib chiqildi.


 Ma'ruza qatnashchilari jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolarga befarq emasliklari ma'lum bo‘ldi.  Muammolarning sabablari va yechimlari har ikki tomon – ma’ruzachi va tinglovchilar tomonidan taklif etildi.    Bundan tashqari, tinglovchilarga gender tengligini targ'ib qilishda tilning kuchi to'g'risida ma'lumot berildi va gender-neytral til haqida xabardorlikni oshirish uchun neytral aloqa vositalari namoyish etildi.