Yangiliklar

img
Tue, 11/15/2022 - 19:26

"Fuzuliy dilbandlari" to‘garagi faoliyatidan

Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Fuzuliy nomidagi o‘zbek-ozarbayjon ilmiy - tadqiqot markazi tashkil etilgan. Ushbu markazning rahbari dotsent, filolgiya fanlari nomzodi Gulbahor Ashurovadir. Bugungi kunga qadar Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan  ilmiy-nazariy, madaniy-adabiy tadbirlar, kitob, jurnal hamda  kinofilmlar taqdimotlari, xalqaro ilmiy anjuman va konferensiyalar tashkil etilib, Ozarbayjondagi shu kabi tadbirlarda izchil ishtirok etib kelinmoqda. Markaz tashabbusi bilan bugunga qadar 6 marotaba xalqaro konferensiyalar o’tkazildi. 


Markaz qoshida faoliyat olib borayotgan “Fuzuliy dilbandlari” to’garagi haftada bir marotaba bo’lib o’tadi. Bugun 15-noyabr kuni ham ushbi to’garakning navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Markaz a’zolari o’zbek – ozarbayjon adabiy aloqalarni rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shishga intilib, ozar tilini o’rganishga sa’y-harakat qilishmoqda. Ilmiy-badiiy asarlarni tarjima qilishning sir sinoatlarini to’garak rahbari G. Ashurova shogirdlariga o’rgatib kelmoqda. Bugungi mashg’ulot Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining  tarjima qilish jarayoni: tajriba va natijalar mavzusi to’garak ishida keng muhokama qilindi. Markaz a’zolari kelgusida o’z  oldiga yuqori maqsadlarni qo’ygan, ular shu yo’lda tinmay harakat qilishmoqda.