Yangiliklar

img
Thu, 09/26/2024 - 21:07

Furqat adabiy merosining o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotida tutgan o‘rni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2024-yil 26-sentyabr kuni milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, shoir va adib, adabiyotshunos va mutarjim, muarrix va etnograf sifatida o‘zidan boy meros qoldirgan, xattotlik va jurnalistik faoliyati bilan milliy ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, zamonasining mashhur tib olimi sifatida “Zubdat ul-hukamo” unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ mutafakkir Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat tavalludining 165 yilligiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-nazariy konferansi bo‘lib o‘tdi. 
Konferans ishtirokchilariga universitet rektori akademik Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovichning tabrigini ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamoldinova Odina Rasulovna o‘qib eshittirdi. 

 

  

  

Anjuman tashkilotchisi: O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi. Mazkur kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov moderatorlik qilgan konferans respublikamizning yetakchi adabiyotshunos olimlari ishtirok etgani, Furqat hayot yo‘li va merosiga hamda shoir adabiy davrasiga doir yangi ilmiy ma’lumotlar berilgani bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Konferansda ulug‘ shoir asarlarining qo‘lyozma manbalari, janr xususiyatlari va badiiyati, ijodkor nazmidagi g‘oyalarning Turkiston jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga ta’siri, she’riyatining irfoniy talqinlari masalalariga oid ilmiy qarashlar bildirildi. Taniqli hofiz Abduqahhor Jalilov rahbarligidagi san’atkorlar Furqat g‘azallari bilan aytiladigan maqomlardan ijro etgani konferansga alohida fayz bag‘ishladi.