
Foto tanlov g'oliblari taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek, Xalqaro hamkorlik ofisi tomonidan universitetimiz talabalari o‘rtasida talabalik va jonajon bilim maskani aks etgan fotosuratlar tanlovi o‘tkazgan edik. Mazkur tanlov juda ko‘p talabalarimizda qiziqish uyg‘otdi va tanlov hay’atiga ko‘plab rasmlar kelib tushdi. Nihoyat biz fototanlov g‘oliblarini aniqladik. Suratga olish ham san’at aslida. Eng chiroyli rakursni tanlab, yorug‘likni nazorat qilish qobiliyati fotosuratchidan alohida qobiliyat talab etadi. Oramizda shunday o‘tkir nigohli talabalar borligi juda quvonarli. Shunday qilib tanlovimizda Amaliy filologiya noshirlik ishi yo'nalishi talabasi Sattorova Dilshoda faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hurramova Azizaga ikkinchi o‘rin nasib etdi va Ahmedova Yulduz birinchi o‘rinni egallab, fototanlovimizning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Biz g‘oliblarni va tanlovda ishtirok etgan barchani tabriklaymiz.