Yangiliklar

img
Sun, 03/27/2022 - 16:59

Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar kengashi tomonidan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur anjuman 2022-yil 27-aprelda “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida bo'lib o'tadi. Anjumanda qatnashish istagida bo'lgan barcha yosh tadqiqotchilarni ushbu konferensiyaga taklif etamiz! Marhamat, ilm yo'lidagi muvaffaqiyat uchun qo'yiladigan ilk qadamingizni biz bilan boshlang! Ilova qilingan axborot xati bilan tanishib, o'z maqolangizni yozishingiz mumkin! Konferensiya sho‘balari hayʼati qarorlariga ko‘ra,  “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola", "Eng tirishqoq yosh mutaxassis" yoʻnalishlarida eʼtirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Anjuman axborot xatini yuklab oling!