Yangiliklar

img
Wed, 11/15/2023 - 14:47

Fakultetning eng faol talabalari aniqlandi

Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetida “Yil talabasi-2023” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda talabalarni fakultet dekani M.Abdullayeva boshchiligidagi hakamlar baholab borishdi.  Tanlov yakuniga koʻra natijalar quyidagicha:  

  • - “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin 402-guruh talabasi Kamilov Miraziz, 2-o‘rin 301-guruh talabasi Sotliqova Barchinoy.
  • - “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin 407-guruh talabasi Safoyeva Iroda Foziljon qizi; 
  • - “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin 402-guruh talabasi Yo‘ldosheva Shahnoza O‘roljon qizi, 2-o‘rin 309-guruh Hakimova Nasiba Alisher qizi; 
  • - “ Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o’rin 402-guruh talabasi Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi; 2-o’rin 304-guruh Keldiyorova Zarinabonu Sirojiddin qizi;
  • - “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o’rin 401-guruh talabasi Rajapova Xulkaroy Atabek qizi, 2-o‘rin 402-guruh talabasi Haydarova Mushtariy Abdumalik qizi; 
  • - “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin 206-guruh talabasi Jabborova Xadicha Faxriddin qizi; 
  • - “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin 208-guruh talabasi Xasanova Gulsoraxon Furkatjon qizi.