Yangiliklar

img
Wed, 01/05/2022 - 18:02

Fakultetda birinchi yarim yillik sessiyaga tayyorgarlik

2022-yil 5-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining kengaytirilgan Kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  Unda   joriy oʻquv yili  uchun belgilangan rejalarning bajarilishi borasida   fakultet dekani A.Sayfullayev hamda  “2021-2022 oʻquv yili birinchi yarim yillik sessiyaga tayyorgarlik (3-4-kurslar) va sessiya jarayonining borishi (1-2-kurslar), malakaviy amaliyot oʻtkazilishi (1- va 4-kurslar) haqida oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini A.Qodirovlar soʻzga chiqdi. Shundan soʻng, kafedra mudirlari kafedra qoshida tashkil etilgan  toʻgarak faoliyatlari haqida maʼlumot berishdi hamda xorijda malaka oshirgan oʻqituvchilar G.Niyazova va Z.Kertayeva  hisobotlari tinglandi.