Yangiliklar

img
Wed, 12/28/2022 - 15:10

Fakultet kengashidan

2022-yil 27-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi  kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 2022-yil 20-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda 2022-yil 21-dekabrdagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni, PQ-447-sonli "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorining mazmun-mohiyati keng jamoaga yetkazildi.
Kengash qatnashchilari fakultet jamoasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda kamarbasta bo‘lishga doim tayyorligini qayd etdilar.  
Kengash majlisidan so‘ng O‘zbek filologiyasi fakultetining navbatdagi nazariy-metodologik  seminari o‘tkazildi.
Seminarda f. f.d. Qoʻldosh Pardayev ““Al-Isloh” jurnalida maʼrifat va jaholat talqini” mavzusida,  f.f.n., dotsent  Marhabo Umurzoqova  “Badiiy matnda lisoniy shaxsni belgilashning gender omillari” mavzusida ma'ruza qildilar.  Fakultet olimlari, yosh tadqiqotchilarining savollariga ma'ruzachilar batafsil javob berdilar.