Yangiliklar

img
Thu, 02/22/2024 - 11:33

E'tirof

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tarix, madaniyat, adabiyot va tasviriy san’at nominatsiyasi boʻyicha 2023-yilgi mukofoti sohibi boʻldi.

21-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ushbu mukofotni Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov tantanali ravishda topshirdi.

Qayd etish joizki, IHT-2023 mukofoti tashkilotga a’zo 10 ta davlat vakillari orasidan 9 nafar olimga nasib etdi. Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining yillik mukofoti o‘zining ilmiy va ijtimoiy sa’y-harakatlari bilan mintaqa rivojiga alohida hissa qo‘shayotgan olimlar, davlat va jamoat arboblariga topshiriladi.