Yangiliklar

img
Mon, 11/20/2023 - 21:48

Eronda oʻzbek tili va madaniyati markazi ochilishi kutilmoqda

20-noyabr kuni universitetimizda Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi madaniyat boʻyicha konsuli Amir Said Karami boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Sh.Sirojiddinov qabul qildi.
Suhbat avvalida mehmonlarga universitetimiz tarixi va missiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarimiz xalqimizning tarixiy yozma manbalarini tushunishlari va tahlil qilishlari uchun ularga fors tili alohida fan sifatida oʻqitilishi aytildi.
Oʻzaro aloqalarni yana-da kengaytirish va rivojlantirish maqsadida universitetda “Eron markazi”ni ochish taklifi berildi. Mazkur markaz fors tilidagi yozma manbalarni tadqiq qilish, zamonaviy oʻzbek adabiyoti namunalarini fors tiliga, eronlik adiblar asarlarini esa oʻzbek tiliga tarjima qilish va boshqa koʻplab ezgu vazifalarni bajarishi aytildi. Bu markazda fors tilini bepul oʻrganish imkoniyati ham yaratiladi. Shuningdek, Eronning Tabriz universitetida “Oʻzbek tili va madaniyati markazi”ni ochish boʻyicha ham takliflar tinglandi. Mazkur universitet bilan talabalarning qisqa va uzoq muddatli akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilarning 3-6 oylik stajirovkasini tashkil etish masalasi ham ma’qullandi. 
Qolaversa, universitet ehtiyojidan kelib chiqib, Erondan fors tili va aruz ilmi boʻyicha tajribali mutaxassislarni jalb qilish masalasi ham ma’qullandi. 
Bundan tashqari Eronning an’anaviy bayramlaridan biri Yaldo kechasini ToshDOʻTAUda Eron elchixonasi bilan hamkorlikda nishonlashga kelishildi. Eronning mashhur noshirlari ishtirokida kitob koʻrgazmasini tashkil etish taklifi ham bildirildi.