Yangiliklar

img
Mon, 12/18/2023 - 17:54

Erkin Vohidovni xotirlab

O'zbekiston xalq shoiri va "O'zbekiston Qahramoni" Erkin Vohidovning adabiyotimiz va ma'naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga  qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yo'lidagi faol xizmatlari beqiyosdir. 
Buyuk ijodkor  tavalludining 87 yilligi munosabati bilan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti masofaviy ta'lim fakulteti  401-, 413-,414-guruh talabalari tomonidan "Do'st bilan obod uying" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil qilindi.Adabiy-badiiy kecha davomida talabalar ishtirokida Erkin Vohidov ijodidan she’riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, shoir g‘azallarining chet tillaridagi tarjimalaridan namunalar tinglandi.
Erkin Vohidov she'rlaridan aytilgan bahri baytlar, sahna ko'rinishlari, raqs va qo'shiqlar kechaga alohida fayz baxsh etdi.