
“English speaking day” tadbiri o‘tkazildi
2025-yil 29-sentabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “English speaking day” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda universitet talabalari faol ishtirok etishdi. Ular ingliz tilida viktorina savollariga javob berish bilan bir qatorda, “Ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilariga ingliz tilida tilaklar ham izhor etishdi.
Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari tomonidan “Hats game”, “Riddles” va “Puzzles” kabi qiziqarli activitylar o‘tkazildi. Talabalar o‘yinlarda faol qatnashib, o‘z bilim va nutqiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar kafedra o‘qituvchilari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir talabalar uchun ingliz tilida erkin muloqot qilish, so‘zlashuv ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash va ijobiy muhitda bilim almashish imkoniyatini yaratdi.